Endilikda har bir daraxtga pasport beriladi va 2030 yilgacha Toshkentning yashil maydonlari 5000 ga yetkaziladi.
Bu borada ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, 2024 yilda hozirda mavjud 900 ga qo‘shimcha 300 ga ko‘kalamzor hudud tashkil etilib, yashil maydonlar 1100 gektarga, 2025 yilga 1400, 2026 yilda 1900, 2027 yilga 2500, 2028 yilda 3200, 2029 yilda 4000 gektarga yetkaziladi.
Poytaxt hokimligining taʼkidlashicha, parellel ravishda bugungacha ekilgan va ekilayotgan har bir daraxtga pasport berish va ularning parvarishi uchun masʼullarni biriktirish hamda o‘sish jarayonini nazorat qilinadi.