1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Endi SSB rahbarlari deputatlarga hisobot beradi

Shu orqali ularning faoliyati samaradorligiga baho beriladi.

Endi SSB rahbarlari deputatlarga hisobot beradi

 

Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritildi.

 

“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi rahbarlari har yarim yillik yakunlari bo‘yicha tegishincha xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga hisobot taqdim etadi.

 

Mazkur hisobotni eshitish yakunlari bo‘yicha tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan ularning faoliyati samaradorligiga baho beriladi hamda tegishli qaror qabul qilinib, qaror Sog‘liqni saqlash vazirligiga yuboriladi.

 

Bundan tashqari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining rahbarlari har yarim yillik yakunlari bo‘yicha tegishincha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hisobot taqdim etadi.

 

Mazkur hisobotni eshitish yakunlari bo‘yicha tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan qaror qabul qilinib, qaror sog‘liqni saqlashni boshqarish hududiy organlariga yuboriladi.

 

Shuningdek, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, fuqarolar yig‘ini, tegishincha aholi biriktirilgan, tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari, oilaviy poliklinikalar va oilaviy shifokor punktlari rahbarlarining axborotini eshitadi.

 

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика