Eron janubi-sharqidagi Siston va Balujiston viloyatida isyonchi guruh politsiya bo‘limiga hujum qilib, 19 kishini o‘ldirdi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda.
Halok bo‘lganlar orasida Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining 3 nafar jangchisi bor. Huquq-tartibot idoralarining yana 32 nafar xodimi jarohatlangan.
Eron rasmiylari hujum ishtirokchilari so‘nggi kunlarda mamlakatda bo‘lib o‘tgan hukumatga qarshi namoyishlariga aloqadorligi haqida ma’lumot bermadi. Gʻarb ommaviy axborot vositalarining yozishicha, hujumchilarninng terrorchilar bilan aloqasi borligi haqidagi versiyani ham inkor etib bo‘lmaydi.


