1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ertadan Toshkentda isitish mavsumi yakunlanadi

Bu haqda shahar hokimligi maʼlum qildi.

Ertadan Toshkentda isitish mavsumi yakunlanadi

Ertaga, 26-martdan Toshkent shahrida 2023-2024 yilgi isitish davri yakunlanishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda shahar hokimligi maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining “Kommunal xizmatlar ko‘rsatishni tasdiqlash qoidalari to‘g‘risida"gi qaroriga asosan, Isitish davri tashqi havoning o‘rtacha sutkalik harorati 8 darajadan yuqori bo‘lgan 5 kunlik davr tamom bo‘lgan kundan keyingi kundan tamomlanishi belgilangan.

 

"Toshkent shahar gidrometeorologiya markazining maʼlumotlarini hamda o‘rtacha sutkalik harorat 10 darajadan yuqori bo‘layotganligini inobatga olgan holda, 2024 yilning 26 mart kunidan 2023-2024 yilgi isitish davri yakunlanishini maʼlum qilamiz", deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика