Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida huquqbuzardan 150 million so‘mlik jinoiy jarima undirildi. Bu haqida MIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Bag‘dod tuman sudi tadbirkorning noqonuniy xatti-harakatlari uchun 150 million so‘mlik jinoiy jarima belgilagan. Bu mamlakatga noqonuniy olib kirilgan sigaretaning haqiqiy bahosi bo‘lib, javobgarlikdan qochish yo‘llari yo‘qligini ko‘rsatdi.
Sud qarori ijrosini taʼminlash Byuroning Qo‘qon shahar bo‘limi xodimlariga yuklatildi. Davlat ijrochilari darhol ishga kirishib, tadbirkorni ogohlantirishdi. Biroq, yosh tadbirkor ixtiyoriy to‘lovdan bosh totib, vaziyatni yana-da jiddiylashtirdi.
Qo‘qon MIB xodimlarining qatʼiy va majburiy ijro harakatlari natijasida, undan davlatga 150 million so‘mlik jinoiy jarima va 7,5 million so‘mlik ijro yig‘imi to‘liq undirib olindi.


