1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Farg‘onalik jurnalist tovlamachilikda ayblanib, 4 yilga qamaldi

Sud jurnalistni tuhmat, haqorat va tovlamachilik qilish, hokimiyat vakiliga yoki fuqarolik burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish, hujjatlar, shtamplar va muhrlar bilan bog‘liq jinoyatlar, shuningdek yolg‘on axborot tarqatishda aybdor deb topdi.

Farg‘onalik jurnalist tovlamachilikda ayblanib, 4 yilga qamaldi

 

Bugun, 20-yanvar kuni Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida Marg‘ilon shahar sudining hukmi bilan “Antikorrupsiya” OAV muxbiri tovlamachilikda ayblanib 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Farg'ona viloyat sudlari matbuot xizmati xabar berdi.

 

Sud E.T. ni Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 3-qismi “g” bandi, 140-moddasi (haqorat qilish) 3-qismi “a” bandi, 165-moddasi (tovlamachilik) 1-qismi, 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) 1-qismi, 227-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish) 2-qismi “a” bandi va 244-6-moddasi (yolg‘on axborot tarqatish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topdi.

 

“E. T.ga Jinoyat kodeksining 59,61-moddalari tartibida 3 yil 10 oy, Jinoyat kodeksining 60,61-moddalariga asosan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinganligini bekor qilgan holda 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi”, — deyiladi rasmiy axborotda.

 

Xabarga ko‘ra, tayinlangan jazoni qattiq tartibli koloniyalarida o‘tattirilishi belgilandi.

 

“Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Farg‘ona viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga apellyatsiya/kassatsiya tartibida shikoyat berish va protest keltirishga haqlidir”, — deyiladi Marg‘ilon shahri sudi xabarida.

 

Eslatib o’tamiz, 16-yanvar kuni Toshkent shahri IIBB tomonidan Taftish.uz sayti xodimlari tovlamachilik va firibgarlikda gumonlanib ushlangan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика