1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Farhod Mannopovni operatsiya qilgan klinika faoliyatini to‘xtatdi

Vazirlik bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Farhod Mannopovni operatsiya qilgan klinika faoliyatini to‘xtatdi

 

Avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirligi bloger F.Mannopov vafoti yuzasidan “OMAD PLYUS” MCHJga qarashli “StarMedSentr” klinikasida tekshiruvlar olib borilayotganini, shu sababli muassasa faoliyati vaqtincha to‘xtatilganini maʼlum qilgandi.

 

Shundan so‘ng ayrim internet nashrlarida mazkur xususiy klinika hali ham ishlayotgani, vazirlik esa jamoatchilikka noto‘g‘ri axborot taqdim etgani yuzasidan xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan vazirlik qo‘shimcha maʼlumot berdi.

 

Qayd etilishicha, SSV vakolatli organ sifatida tibbiy faoliyat uchun litsenziya berish jarayonini tashkil etishda “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasida belgilangan prinsiplarga, xususan, fuqarolar hayoti va sog‘lig‘ini saqlashning, jamoat xavfsizligi va atrof-muhitni muhofaza qilishning ustuvorligiga amal qilgan holda litsenziatlar tomonidan litsenziya talablariga to‘liq muvofiqlik taʼminlanishini nazorat qiladi.

 

Shundan kelib chiqqan holda ayni paytda vazirlik tegishli organlar bilan birgalikda fuqaro F.Mannopov vafoti yuzasidan Toshkentdagi “StarMedSentr” klinikasida o‘rganish ishlarini olib bormoqda. Dastlabki tekshiruv maʼlumotlariga ko‘ra, mazkur tibbiyot muassasasida bir qator litsenziya talab va shartlariga nomuvofiqliklar aniqlangan.

 

Shu bois vazirlikning joriy yil 11 martdagi qarori bilan “OMAD PLYUS” MCHJga 2021 yil 16 fevralda tibbiy faoliyat uchun berilgan 27390032-sonli litsenziya talablari va shartlari buzilganligi hamda kelgusida salbiy oqibatlar kelib chiqishining oldini olish maqsadida vaqtincha to‘xtatilgan.

 

Bu haqdagi maʼlumot shu yil 11 mart kuni mazkur klinikaning elektron shaxsiy kabineti va telefon raqamiga SMS orqali yuborilgan. Qolaversa, 13 mart kuni tegishli hujjatlar qog‘oz shaklida takroran klinikaning pochta va faoliyat manziliga jo‘natilgan.

 

Qolaversa, Adliya vazirligining mazkur reyestrida  ham ushbu tashkilotning litsenziyasi to‘xtatilganligini ko‘rish mumkin.

 

Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli qarori bilan “OMAD PLYUS” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga tegishli ushbu xususiy tibbiyot muassasasi 2023 yil 14 mart kunidan boshlab, 10 kun muddatga o‘z faoliyatini to‘xtatganini vazirlikka maʼlum qildi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика