Sudya Eylin Kennon, shuningdek, bu ish bo‘yicha prokuror tayinlanishini konstitutsiyaga zid deb topdi.
CNN‘ning huquqiy ekspertlarga tayanib xabar berishicha, maxfiy hujjatlarni noqonuniy saqlash ishi Trampga qarshi ochilgan barcha ishlarning eng "jiddiysi" deb topilgan.
Trampning o‘zi “Florida qonunbuzarligi ishi” bo‘yicha ayblov xulosasining bekor qilinishi birinchi qadam bo‘lishi kerakligini, buning ortidan o‘ziga qo‘yilgan boshqa ayblovlar ham bekor qilinishi zarurligini taʼkidladi.
Eslatib o‘tamiz, Trampning Floridadagi Mar-a-Lago mulkidan 2022 yilda 11 quti maxfiy hujjatlar olib qo‘yilgan edi. Tramp ushbu hujjatlarni prezidentlik lavozimini tark etgach Milliy arxivga topshirishi zarur bo‘lgan.


