Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Donald Trampning Gʻazo tinchlik kengashiga qoʻshilish taklifini rad etishga qaror qildi. Bloomberg agentligi manbalariga tayanib xabar berishicha, Parij hozirgi bosqichda ushbu tashabbusga qoʻshilmaslik niyatida.
16-yanvar kuni Oq uy Trampning Isroil va Falastinning Hamas guruhi o‘rtasidagi G‘azodagi nizoni yakunlash va anklavni tiklash bo‘yicha “Tinchlik kengashi” tashkil etilganini e’lon qilgan edi. Makronning qaroriga ko‘ra, kengash nizomi BMTning amaldagi tamoyillari va institutsional tuzilishiga zid bo‘lib, Fransiya uchun jiddiy xavotirlar tug‘diradi.
Fransiya hukumati Tramp tashabbusi bilan tuzilgan forumga hozircha qo‘shilmaslik niyatida ekanini Reuters agentligi tasdiqladi va bu qaror BMTning qonuniyligi va rolini himoya qilishga qaratilgan, deya ta’kidladi.
Bloomberg agentligining xabar berishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning G‘azo tinchlik kengashiga qo‘shilish taklifini rad etgani munosabati bilan tanqidiy bayonot berdi.
AQSh prezidenti jurnalistlarga bergan izohida Makronning lavozim muddati yaqin orada tugashini ta’kidlab, Fransiya vinolari va shampanlariga 200 foizlik boj joriy qilinishini e’lon qildi. Shuningdek, Tramp bayonotida, agar Makron kengashga qo‘shilsa, bu tariflar kuchga kirishi mumkinligi ta’kidlandi.
Agentlik xabariga ko‘ra, Emmanuel Makronning ikkinchi prezidentlik muddati 2027-yilda yakunlanadi va u keyingi saylovlarda ishtirok etmasligini ma’lum qilgan. Bayonotlar Trampning AQSh tomonidan tuzilgan G‘azo tinchlik kengashida Fransiya ishtirok etishiga qarshi munosabati sifatida talqin qilinmoqda.
Avvalroq Tramp O‘zbekistonni G‘azo bo‘yicha Tinchlik kengashiga ta’sischi a’zo sifatida taklif qilgani,Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning G‘azo bo‘yicha xalqaro tinchlik tashabbusida ishtirok etishga tayyorligini bildirgani xabar berilgan edi.
Shuningdek Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev ham Trampning G‘azo tinchlik kengashiga qo‘shilish taklifiga rozi bo‘lgan edi. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham Trampning tashabbusi doirasida qo‘shilish taklifini olgani xabar qilingan edi.


