1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Germaniyada Usmonovga qarshi ikkinchi tergov ayblovsiz yopildi

Alisher Usmonov sanksiyalarni buzishda gumonlanayotgan edi.

Germaniyada Usmonovga qarshi ikkinchi tergov ayblovsiz yopildi

 

Germaniya huquq-tartibot idoralari USM Holding asoschisi, tadbirkor Alisher Usmonovga nisbatan sanksiyalarni buzish gumoni bilan olib borilgan ikkinchi tergovni yakunladi. Myunxen prokuraturasi tomonidan olib borilgan ish ayblovlar ilgari surilmasdan to‘xtatildi.

 

Usmonov vakillarining ma’lum qilishicha, mazkur qaror Germaniya Jinoyat-protsessual kodeksining 153a-moddasi asosida qabul qilingan. Ushbu norma ishni ayblovsiz tugatish imkonini beradi. Tadbirkor ixtiyoriy ravishda xayriya mablag‘larini ajratishga rozilik bildirgan. Advokatlar ta’kidlashicha, xuddi shu gumonlar bo‘yicha tergovni qayta ochish istisno qilinadi, Alisher Usmonovga nisbatan esa aybsizlik prezumptsiyasi to‘liq saqlanib qoladi.

 

Tergov doirasida nazorat organlari Usmonovni 2022-yil aprel–sentabr oylarida Bavariyaning Rottach-Egern munitsipalitetidagi mulklarda xavfsizlik xizmatlari uchun xorijiy kompaniyalar orqali to‘lovlarni amalga oshirganlikda gumon qilgan edi.

 

Eslatib o‘tilishicha, Alisher Usmonov 2022-yil fevral oyida Yevropa Ittifoqi sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan. Tadbirkor ushbu qarorni asossiz va adolatsiz deb baholab, unga qarshi sud tartibida e’tiroz bildirgan. U sanksiyalar tenglik, mutanosiblik, mulk huquqi, shaxsiy hayot daxlsizligi hamda so‘z erkinligi tamoyillarini buzganini ta’kidlagan. Shunga qaramay, Yevropa Ittifoqi Adliya sudi uning da’volarini bir necha bor rad etgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика