1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Har bir hududda kamida bittadan zamonaviy IT akademiya tashkil etiladi

Prezident bu bo‘yicha hokimlarga topshiriq berdi.

Har bir hududda kamida bittadan zamonaviy IT akademiya tashkil etiladi

 

Ayni damda Prezidentning IT sohasida faoliyat boshlayotgan yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

 

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Yuqorichirchiq tumanidagi “Astrum” IT akademiyasiga tashrif buyurib, axborot texnologiyalari sohasi mutaxassislari, yosh dasturchilar, IT va kommunikatsiya kompaniyalarining rahbarlari va xodimlari bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda IT sohasining ahamiyati, yaratilayotgan sharoitlar va qilinishi kerak bo‘lgan ishlar haqida so‘z bormoqda. Prezident dunyoda IT xizmatlari shiddat bilan rivojlanayotgani, jahonda bu sohaning o‘sish surʼatlari yiliga 10 foizni tashkil etib, joriy yilda 4,3 trillion dollarga yetganini taʼkidladi.

 

“Biz ushbu bozorda mustahkam o‘rin egallash borasida katta islohotlarni boshladik. Sohaga so‘nggi besh yilda 2 milliard dollar, shundan 700 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar yo‘naltirildi", — deydi Mirziyoyev.

 

Uchrashuvda viloyat hokimlariga bir oy muddatda bu yerga kelib, barcha sharoit va imkoniyatlarni ko‘zi bilan ko‘rib, o‘z hududida kamida bittadan shunday IT akademiya tashkil etish loyihasini boshlashga topshiriq berildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика