1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Hindistonda dunyodagi birinchi oltin xarid qilish mumkin bo'lgan bankomat ishga tushirildi

Qurilma 5 kg 24 karatli oltin tangalarga ega.

Hindistonda dunyodagi birinchi oltin xarid qilish mumkin bo'lgan bankomat ishga tushirildi

 

Hindistonning Haydarobod shahrida kredit yoki debit plastik kartochkalaridagi pul evaziga tilla tanga sotib olish imkonini beruvchi bankomat mijozlarga xizmat ko‘rsata boshladi.

 

Qurilmada 5 kg 24 karatli oltin tangalar saqlanadi va ularni sakkizta variantda — 0,5 g dan 100 grgacha sotib olish mumkin. Bankomatning muhim xususiyati shundaki, uning ekranidagi oltin narxi real vaqt rejimida yangilanadi. Narxlar London fond birjasida ushbu qimmatbaho metalning kotirovkalari o'zgarishiga muvofiqlashtirilgan.

 

Bankomat xakerlikdan ishonchli himoya tizimiga ega. U o‘rnatilgan videokamera, ovozli signalizatsiya bilan jihozlangan va politsiya bilan aloqa liniyasiga ega. 

 

Faoliyatining birinchi kunida innovatsion bankomat 20 nafar mijozga xizmat ko‘rsatdi.

 

Qurilma bank yoki zargarlik do‘konlariga bormasdan, moliyaviy yo‘qotishlardan qochib, oltinga sarmoya kiritish uchun qulay imkoniyat yaratadi.

 

Hindistonda tez orada 3 000 ta shunday bankomat o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика