1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Hindistonning nomi o‘zgarishi mumkin

Bosh vazir Modi anʼanaviy nomga qaytish tarafdori.

Hindistonning nomi o‘zgarishi mumkin

Bosh vazir Narendra Modi hukumati Hindiston parlamentiga mamlakat nomini anʼanaviy Bharatga o‘zgartirish bo‘yicha rezolyutsiya taqdim etishni rejalashtirmoqda.

 

Mahalliy OAVning yozishicha, ovoz berish parlamentning 18-22 sentyabr kunlariga belgilangan navbatdan tashqari sessiyasi vaqtida o‘tkazilishi mumkin. Hukmron partiyaning ko‘plab aʼzolari Hindiston nomini o‘zgartirish bo‘yicha ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlamoqda.

 

“Hindiston” so‘zi Indus (yoki Sindhu) daryosi sharafiga nomlangan «Indus» so‘zidan kelib chiqqan. Qadimgi hind matnida Vishnu Purana, Bharat nomi okean shimolida va qorli tog‘larning janubida joylashgan quruq yer deb ataladi. Konstitutsiyaga ko‘ra, Bharat mamlakatning rasmiy sanskrit nomidir.

 

Hozirgacha Bharat va Hindiston nomlari ko‘pincha bir-birining o‘rnida ishlatilgan, Bharat “Hindiston” so‘zining mahalliy tarjimasi sifatida talqin qilingan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика