1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Indoneziyada juma namozi payti portlash yuz berdi

Hodisa oqibatida 50 dan ortiq odam jarohatlangan.

Indoneziyada juma namozi payti portlash yuz berdi

Indoneziya poytaxti Jakar­tada joylashgan maktab masjidida juma namozi chog‘ida yuz bergan portlash oqibatida kamida 50 dan ortiq kishi jarohat oldi. Bu haqida mahalliy rasmiylar va favqulodda xizmatlar xabar bermoqda.

 

Hodisa Jakarta shimolidagi Kelapa Gading hududida joylashgan 27-son davlat o‘rta maktabining masjidida sodir bo‘lgan. Voqea chog‘ida masjidda asosan o‘quvchilar bo‘lgani sababli jarohatlanganlarning ko‘pchiligi o‘smir yoshidagilar.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash masjiddagi ovoz kuchaytirgich tizimi yonida yuz bergan bo‘lishi mumkin. Ammo rasmiylar voqeaga nima sabab bo‘lganini hali aniq aytmayapti — portlovchi moslama qo‘llanilgani yoki elektr tizimida nosozlik bo‘lgani yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda.

 

Portlashdan so‘ng voqea joyiga tez yordam mashinalari yetib kelgan, jabrlanganlar yaqin atrofdagi shifoxonalarga yetkazilgan.

 

Politsiya hodisa yuzasidan tergov boshlanganini, xavfsizlik kameralari yozuvlari o‘rganilayotgani va guvohlar bilan suhbat o‘tkazilayotganini bildirdi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика