1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Ipak yo‘li sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqotning yorqin namunasi”

YUNESKO bo‘yicha O‘zbekiston Milliy komissiyasi raisi Gayane Umerova Milliy komissiyalarning 12-yig‘ilishida mahalliy hamjamiyatlar hamkorligini kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.

“Ipak yo‘li sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqotning yorqin namunasi”

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyalarning 12-yig‘ilishida madaniyatlararo muloqotni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi. Bu haqida tadbirda ishtirok etayotgan “Zamon.uz” muxbiri xabar bermoqda.

 

YUNESKO bo‘yicha O‘zbekiston Milliy komissiyasi raisi Gayane Umerova raqamli davrda, ayniqsa Ipak yo‘li bo‘ylab madaniy merosdan samarali foydalanish, barqaror turizmni rivojlantirish hamda mahalliy hamjamiyatlar hamkorligini kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.

 

“Ipak yo‘li sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqotning yorqin namunasi bo‘lib, tez surʼatlarda raqamlashayotgan dunyoda madaniy almashinuv tinchlik, o‘zaro anglashuv va umumiy farovonlikni taʼminlashda muhim o‘rin tutadi”, — dedi Gayane Umerova.

 

Uning qayd etishicha, milliy komissiyalar uchun bu jarayon — madaniy merosni taʼlim, ijod va zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashtiruvchi innovatsion yondashuvlarni ilgari surish imkonini beradi. Bu orqali jamoalar, ayniqsa yoshlar va mahalliy faollar o‘z madaniy resurslarining ham saqlovchisi, ham foydalanuvchisi sifatida faol ishtirok eta oladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика