"Shaharliklar" 23 yoshli himoyachining "Real Sosedad"ga o‘tganini tasdiqlashdi.
Transfer qiymati bonuslarni hisobga olganda 10 mln yevroni tashkil qildi. Futbolchi va San-Sebastian jamoasi o‘rtasidagi kelishuv 2030-yilgacha mo‘ljallangan.
"Man Siti" ispaniyalik himoyachining keyingi transferidan 30 foiz ulush oladi. O‘tgan mavsumda Gomes APLda 6 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta golga assistentlik qilgan. U "Man Siti"da ikki mavsum o‘ynadi.


