1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Isroilda koronavirusga qarshi dori muvaffaqiyatli sinovdan o'tkazildi

Uni qabul qilgan og'ir ahvoldagi bemorlarning bachasi sog'aygan.

Isroilda koronavirusga qarshi dori muvaffaqiyatli sinovdan o'tkazildi

 


Isroillik olimlar Amor-18 nomli koronavirusiga qarshi dorining klinik sinovlarini o‘tkazdi. The Jerusalem Post xabariga ko'ra, preparatni sinab ko'rgan 18 kishining barchasi tuzalib ketdi.
 

Bu Safed shahridagi Ziv tibbiyot markazida sinovdan o'tgan Amorphical biotexnologik kompaniyasining preparati.

Ta'kidlanishicha, testlar yengil alomatlari bo'lgan bemorlarda ham, kasallik og'ir kechayotgan  bemorlarda ham o'tkazilgan.
 

“Dori qabul qilgan bemorlar bir necha kun ichida tuzalib, uyga yuborilgani uchun sinov 100 foiz muvaffaqiyatli o‘tdi”, — deyiladi xabarda.


Amorf kaltsiy karbonat (ACC) yangi Amor-18 preparatining asosiy komponentidir. U og'iz orqali yoki nafas olish yo'li bilan yuborilgan.
 

ACC har bir hujayra atrofida kislotali pH o'zgarishlarini tartibga solishi mumkin. Ushbu o'zgarishlar koronavirusning hujayralarga kirib, ko'payishiga ta'sir qiladi.
 

Avvalroq Rossiyada koronavirusni davolash uchun to'g'ridan-to'g'ri ta'sir etuvchi ineksion preparat yaratilgani xabar qilingan edi.
 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика