Janubiy Koreyaning Chonan shahrida mamlakatdagi eng yirik logistika omborlaridan biri – E‑Land Fashion markazida yongʻin chiqdi. Ombor toʻliq kiyim-kechak mahsulotlari bilan toʻldirilgani sababli olov tez tarqaldi va uni oʻchirish qiyinlashgan.
Favqulodda vaziyatga 129 nafar yongʻin-qutqaruv xizmati va 63 ta yongʻin mashinasi jalb qilingan. Hodisa yuz berganda 1-darajali xavf e’lon qilingan boʻlsa-da, olov tez tarqalgani sabab daraja 2-ga oshirilgan. Olovni nazoratga olish jarayonida ikki yongʻin vertolyoti ham ishlatilgan.
Hodisa natijasida jabrlanganlar yoʻq. Rasmiylar olov sabablarini aniqlash va yetkazilgan zarar miqdorini baholash uchun tergov oʻtkazilishini bildirmoqda.


