1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Jizzaxda bir guruh yigitlar mushtlashdi

Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Jizzaxda bir guruh yigitlar mushtlashdi

Ijtimoiy tarmoqda Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida bir guruh yigitlar mushtlashgani aks etgan videolar tarqalmoqda. Holat yuzasidan viloyat IIB rasmiy munosabat bildirdi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, 27 sentyabr kuni 17:45 larda Sharof Rashidov tumanida yashovchi 37 yoshli erkak, uning 33 yoshli ukasi va 18 yoshli yigit o‘zaro janjallashib, bir-birlariga tan jarohati yetkazishgan. 

 

Oqibatda 37 yoshli fuqaro “bosh miya chayqalishi” tashxisi bilan neyroxirurgiya bo‘limiga yotqizilgan. Uning ukasi va 18 yoshli yigit birinchi tibbiy yordam olishgan. 

 

Hozirda holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика