1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Jizzaxda Matiz ZIL bilan to‘qnashib, 3 kishi halok bo‘ldi

Haydovchi oldinda harakatlanayotgan mashinasi quvib o‘tmoqchi bo‘lib, yuk mashinasiga urilgan.

Jizzaxda Matiz ZIL bilan to‘qnashib, 3 kishi halok bo‘ldi

Kecha, 23 noyabr kuni Jizzax viloyatining Jizzax shahrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqida viloyat IIBB YHXB maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, avariya soat 08:10 lar atrofida Jizzax shahar Amir Temur MFY hududidan o‘tuvchi “Jizzax-G‘allaorol” avtomobil yo‘lida yuz bergan. 1998 yilda tug‘ilgan haydovchi Matiz rusumli trasport vositasini Jizzax-G‘allaorol yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib ketayotgan vaqtda o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan avtomashinani quvib o‘tish maqsadida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan ZIL-130 rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashgan. Ushbu yo‘l-ulov hodisasi oqibatida Matiz rusumli transport vositasi haydovchisi va avtomashinada bo‘lgan 2 nafar yo‘lovchilar olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida halok bo‘lgan.

 

Hozirda, mazkur holat yuzasidan Jizzax shahar Ichki ishlar boshqarmasining Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat kodeksining 266 moddasi uchinchi qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика