1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Jizzaxning Zomin tumanida kuchli sel kuzatildi

Oqibatda aholi uylari va ekin maydonlarini suv bosgan.

Jizzaxning Zomin tumanida kuchli sel kuzatildi

 

Jizzax viloyati Zomin tumanining “Duoba” QFY hududida 11-iyun kuni qisqa muddatli kuchli yog‘ingarchilik oqibatida sel oqimlari kuzatildi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar berdi.


Qayd etilishicha, “Usmonlisoy”, “Suvlisoy” va “Sarkamar” qishloqlaridan o‘tgan ariq suvlari toshib, yondosh hududda joylashgan ayrim aholi yashash uylarining hovlisiga, ekin maydonlariga suv kirgan. 


Mazkur vaziyat bo‘yicha zudlik bilan Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati va qutqaruv bo‘linmalari hodisa joyiga yetib borgan. Hozirda qutqaruvchilar tomonidan suv oqimlarini xavfsiz o‘tkazib yuborilishini ta’minlash bo‘yicha barcha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.


“Vaziyat to‘liq nazorat ostiga olingan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q”, — deyiladi xabarda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика