2024-yilgi mukofot amerikalik Devid Beyker va britaniyalik Demis Hassabis hamda Jon Jamperga nasib qildi.
Nobel qo‘mitasi saytidagi xabarda tushuntirilishicha, Hassabis va Jamper sunʼiy intellektdan muvaffaqiyatli foydalangan holda, deyarli barcha maʼlum bo‘lgan oqsillarning tuzilishini oldindan prognoz qilish imkonini yaratgan. Beykerning ishi esa mutlaqo yangi oqsillarni yaratish imkonini beradi.


