1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

“Koronavirus Uxan laboratoriyasidan tarqalib ketgan bo‘lishi mumkin” — JSST

JSST eksperti koronavirus Uxan laboratoriyasidan tarqalib ketgan bo‘lishi mumkinligini ma'lum qildi. Bu haqda “Daily Mai” xabar bermoqda.

“Koronavirus Uxan laboratoriyasidan tarqalib ketgan bo‘lishi mumkin” — JSST

 

 

Koronavirus pandemiyasi boshlangan shahar — Uxanda 2021 yilning yanvarida  tekshiruv o‘tkazgan Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti ekspertlari guruhi rahbari Piter Enberek koronavirus Uxandagi bioliogik laboratoriyadan tarqalib ketgan bo‘lishi mumkinligini inkor etmadi.

 

Olimning so‘zlariga ko‘ra, “COVID-19”ning ilk bemori laboratoriya xodimi bo‘lgan va unga kasallik ko‘rshapalakdan dala tadqiqoti paytida yoki bevosita laboratoriyaning ichida yuqqan bo‘lishi mumkin. Enberek bu taxmin to‘liq tasdiqlanmagan, lekin uni butkul  inkor  etib ham bo‘lmaydi, degan.

 

Bundan  avval britaniyalik ekspertlar guruhi koronavirusning “del'ta” shtammi ommaviy immunitet shakllanishiga qarshilik qilishini aytib o‘tgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика