Latviyaning gaz transporti bo‘yicha asosiy operator bo‘lgan Latvijas gaze vositachilar orqali Rossiyadan gaz sotib olishni qayta tikladi. Bu haqda kompaniya rahbari Aygars Kalvitis Delfi agentligiga maʼlum qildi.
U aynan qaysi kompaniya “Gazprom” bilan savdoda vositachilik qilayotganini ochiqlamagan va buni “savdo siri” deb atagan. Yoqilg‘i uchun yevroda haq to‘lanayotgani aytilgan.
Delfi maʼlumotlariga ko‘ra, Rossiyadan gaz sotib olish iyun o‘rtalaridan boshlab ko‘paygan. Latviya 2021 yilda 90 foiz “zangori olov”ni Moskvadan xarid qilgan. Ammo Ukraina mojarosi boshlangach, 2023 yildan gaz importini to‘xtatishga qaror qilindi.
Avvalroq Germaniyaning rus uglevodorodlariga qaramligi tufayli Yevropadagi yetakchiligiga putur yetgani to‘g‘risida xabar berilgandi.


