Paris sudi internet orqali Brijit Makronga qarshi yolg‘on da’volar tarqatgan 10 kishini aybdor deb topdi, deya xabar beradi Associated Press agentligi. France Info ma’lumotiga ko‘ra, sakkiz nafar erkak va ikki nafar ayol Brijit Makronning jinsiga oid yolg‘on izohlar yozgan, shuningdek uning turmush o‘rtog‘i bilan yoshi farqini “pedofiliya”ga tenglashtirganliklari sababli 8 oygacha qamoq jazosiga hukm qilindi.
Brijit Makron uzoq yillardan beri “Jan-Mishel Trogne” nomi ostida tug‘ilganligi haqidagi yolg‘on va haqoratlarga duch kelmoqda. U va eri orasidagi 24 yillik yosh farqi ham ko‘plab tanqid va masxara mavzusi bo‘lgan, ammo juftlik bu masalaga jiddiy e’tibor bermagan.
Shuningdek, AQSh sudida amerikalik podkaster Kendis Ouensga qarshi ish ko‘rilmoqda, u Brijit Makron aslida erkak jinsida tug‘ilgan, degan da’volar ilgari surgan. Bu ish ham internetda tarqalgan yolg‘on ma’lumotlar bilan bog‘liq.


