1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Maʼlum bir turdagi shaxslar uchun bir yilda bir marta poyezddan tekin foydalanish tartibi mavjud

Bunday turdagi shaxslarga quyidagilar kiradi:

Maʼlum bir turdagi shaxslar uchun bir yilda bir marta poyezddan tekin foydalanish tartibi mavjud

 

👉 Sovet Ittifoqi Qahramonlari va Shon-shuhrat ordenining uchta darajasi bilan taqdirlangan shaxslarga;

👉 yarador bo‘lgan harbiy xizmatchilar, ishchilar va xizmatchilardan 1 va 2-guruh urush nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga;

👉 Chernobil AES dagi avariyani bartaraf etuvchilari nogironlariga.

Temir yo‘llarda yiliga bir marta bepul yurish huquqi deganda “borish” va “kelish” tushuniladi.

 

Bundan tashqari, 3-guruh urush nogironlari, urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga temir yo‘llarda chiptaning ellik foiz chegirmalari bilan yiliga bir marta yurish huquqi berilgan. Agar mazkur turdagi shaxslar berilgan imtiyozni(50 foizlik) ikki yillik qilib foydalanish istagida bo‘lsa, unda ularga ham mazkur yilda temir yo‘l transportidan foydalanish tekin hisoblanadi.

 

Bunda taqdim qilinadigan “Borish” va “Kelish” talonlari ikki yilniki qilib hisobga olinadi. Ushbu tartib 3-guruh urush nogironlari va urush qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarga ham tatbiq etiladi.

 

Maʼlumot uchun, imtiyozli chipta olish uchun chipta kassasiga chegirma olish huquqini beruvchi quyidagi tegishli hujjatlar taqdim qilinishi kerak:

“Urush nogironi guvohnomasi”;

“Urush qatnashchisi guvohnomasi”;

“Imtiyozga huquqi to‘g‘risida guvohnoma”.

 

Shuningdek, 10 va undan ortiq odamlar sonidan iborat tashkil qilingan guruhlar chiptalarining umumiy qiymatidan jamoaviy chipta bo‘yicha chegirmalar taqdim qilinadi.

 

Diqqat! Imtiyozli chiptalarni tekshirishda tegishli hujjatlarni taqdim qilmagan yo‘lovchilar chiptasiz deb hisoblanadilar va belgilangan miqdorda jarimaga tortiladilar. Bundan tashqari, ulardan chiptalar berilgan stansiyadan manzil stansiyasigacha chipta qiymatining farqi (imtiyozli va to‘liq tarif o‘rtasidagi) undiriladi.

 

Avvalroq “Uzbekistan Airways” mamlakat ichiga qo‘shimcha qatnovni yo‘lga qo‘yishi hamda Yangi yil bayrami arafasida “Afrosiyob” poyezdlari qatnovi yana bittaga ko‘pishi haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика