1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

“Uzbekistan Airways” mamlakat ichiga qo‘shimcha qatnovni yo‘lga qo‘yadi

“Uzbekistan Airways” AJ yo‘lovchilar talabini inobatga olgan holda 2021 yilning  31 oktyabridan 2022 yilning 20 martiga qadar Toshkent-Namangan-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha  qo‘shimcha qatnovni yo‘lga qo‘yadi.  Mazkur qatnov haftaning har yakshanba kunida amalga oshiriladi.

“Uzbekistan Airways” mamlakat ichiga qo‘shimcha qatnovni yo‘lga qo‘yadi

 

Aviachiptalar quyidagi harakat jadvali va mahalliy vaqtlari bo‘yicha amalga oshiriladi.

 

Jumladan:

Toshkentdan jo‘nab ketish: 19:20

Namanganga kelish: 20:20

Namangan jo‘nab ketish: 21:00

Toshkentga kelish: 21:50

 

Agar Toshkent – Namangan – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha yuksiz bir tomonlama parvoz qilish kerak bo‘lsa, aviachipta narxi 99343 so‘m, bordi-yu bagaj bilan bo‘lsa, narxlar 111 763 so‘mdan boshlanadi. Shuningdek, mazkur yo‘nalishdagi borish va ortga qaytish uchun aviachiptalar narxi yuksiz 173 850 so‘mdan, yuk bilan esa 198 686 so‘mdan yuqorilab boradi.

 

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, “Uzbekistan Airways Sales” filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.

 

Eslatib o‘tamiz, aviakompaniyaning rasmiy sayti orqali aviachipta xarid qilib olayotganda 3 foizli chegirma taqdim etiladi.

 

Bundan avval “Uzbekistan Airways” yangi model asosida Toshkentdan Moskvaga ilk parvozni amalga oshirgani, Rossiya-O‘zbekiston uchun aviareyslar soni oshirilayotgani hamda Toshkent — Qarshi — Toshkent aviaqatnovi qayta tiklanishi haqida xabar berilgandi. 

 

Olamgir Abdiyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика