1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

«Manchester  Yunayted» sobiq darvozaboni Sulsher qabul qilgan qarorlarni tanqid qildi

«Manchester Yunayted» sobiq darvozaboni Piter Shmeyxel «Yang Boyz»dan  mag‘lub bo‘lganidan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher qabul qilgan qarorlarni qattiq tanqid qildi.

«Manchester  Yunayted» sobiq darvozaboni Sulsher qabul qilgan qarorlarni tanqid qildi

 

“Nima uchun o‘yinga asosiy tarkib tushmadi? Axir, «Vest Ham»ga qarshi o‘yin yakshanba kuni-ku! Bu oddiy o‘yin emas,Chempionlar ligasi-ku,  g‘alaba qozonish shart edi-ku.

 

Sulsher nega Ronalduning harakat hududini Marsialga berganini  tushunib bo‘lmaydi. Krishtianu raqib darvozasini juda ko‘p nishonga oladi va hujumda golga tortadigan nimadir o‘ylab topadi. Marsial esa himoyada umuman foydasi tegmaydigan o‘yinchi, uning imkoniyati kamroq. Raqib jamoa ozchilik bilan o‘ynab, himoyalanishni rejalashtirayotgan paytda qanday qilib hujumchini qo‘yib yuborish mumkin?”

 

Maʼlumot uchun: Chempionlar ligasi birinchi turi bahsida «Yang Boyz» futbolchisi Sibacho 90+5 daqiqada De Xea darvozasini ishg‘ol etib g‘alabani ilib ketdi.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Lokatellining “Yuventus” bilan “YECHL”dagi ilk g‘alabasi haqida xabar bergan edik. 

 

Maqsad Obidjonov

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика