Amerikalik biznesmen Ilon Mask Twitter Blue barcha pullik obunachilariga tasdiqlangan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi maqomini berishni taklif qildi.
"Har bir Twitter Blue obunachisi (yaʼni oyiga 3 dollar to‘laydiganlar) autentifikatsiya tokenini olishlari kerak", — deb yozgan Mask.
Eslatib o‘tamiz, u yaqinda Twitterning asosiy aksiyadoriga aylandi. Tadbirkorning aytishicha, obuna narxi AQSHdan tashqaridagi tarmoq foydalanuvchilari uchun ham qulay bo‘lishi kerak. Shuningdek, u Dogecoin kriptovalyutasi orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatiga shama qildi.
Mask obuna funksiyasini tubdan o‘zgartirishni taklif qildi.
"Narx oyiga 2 dollar atrofida bo‘lishi kerak. Lekin siz 12 oyga oldindan to‘lashingiz kerak. Akkaunt faqat 60 kundan keyin qanot yorlig‘ini oladi. Va agar sahifa firibgarlik yoki spam uchun ishlatilsa, u bloklanadi va to‘langan pul qaytarilmaydi", — dedi tadbirkor.


