1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Medvedev Rossiya butun Ukrainani ishg‘ol qilish niyatida ekanini tan oldimi?

RF xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari harbiy mojaro bir yilligi munosabati bilan post qoldirdi. Unda kerak bo‘lsa tahdidlarni “Polsha chegarasi”gacha surib tashlash taklif qilingan. Gap Ukraina-Polsha chegarasi haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin.

Medvedev Rossiya butun Ukrainani ishg‘ol qilish niyatida ekanini tan oldimi?

 

Rossiya g‘alabaga erishadi va buni barcha tezroq kelishini istaydi. RF xavfsizlik kengashi raisining o‘rinbosari Dmitriy Medvedev urush boshlanganining bir yilligi munosabati bilan yozilgan postini shunday boshladi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, og‘ir va asabiy muzokaralardan keyin “undan oson bo‘lmagan bosqich” keladi.

 

Shu bilan birga Rossiya sobiq prezidenti “maxsus harbiy operatsiya”ning barcha maqsadlariga erishish kerakligini taʼkidlagan.

 

“Tahdidlarni chegaramizdan imkon qadar uzoqlashtirishimiz kerak, hatto bu Polsha chegarasi bo‘lsa ham”, – degan siyosatchi.

 

 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика