1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

MIB banklar foydasiga 368 mlrd so‘m mablag‘ undirib berdi

Shu tariqa 2025 yilda 12 001 ta ijro hujjati tamomlangan.

MIB banklar foydasiga 368 mlrd so‘m mablag‘ undirib berdi

Banklar foydasiga undiruvni taʼminlash borasida olib borilayotgan izchil ishlar natijasida 2025-yilda salmoqli ko‘rsatkichlarga erishildi.

 

Jumladan, banklar foydasiga ijro etilishi lozim bo‘lgan jami 35 820 ta 1 trln 700 mlrd so‘mlik ijro hujjatlari ish yurituviga qabul qilingan bo‘lib, shulardan 21 855 ta 985 mlrd so‘mlik hujjatlar ijrosi to‘liq taʼminlandi. Eʼtiborli jihati, mazkur ko‘rsatkichlar ichida 12 001 ta ijro hujjati bo‘yicha 368 mlrd so‘m mablag‘ amalda undirilib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri banklar foydasiga o‘tkazib berildi.

 

Ayni paytda, qoldiqdagi 13 965 ta 728 mlrd so‘mlik ijro hujjatlari yuzasidan ham majburiy ijro harakatlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

 

Shu bilan birga, garov bilan taʼminlangan mol-mulklarni sotish orqali qarzdorlikni qoplash mexanizmi ham samarali yo‘lga qo‘yilgan. Bugungi kunga qadar 1 324 ta 458 mlrd so‘mlik mol-mulklar elektron auksion savdolariga chiqarildi. Natijada, 280 ta 47,3 mlrd so‘mlik mol-mulklar sotilib, tushgan mablag‘lar to‘liq holda banklar foydasiga o‘tkazib berildi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика