Biroz avval qishloqliklarni “jirkanch maxluqot” deya haqorat qilgan qiz sudlangandi. JIB Mirobod tuman sudi raisi qonun va Sudyalar odobi kodeksini buzgan holda mazkur ish ko‘rilayotgan sud majlisiga kirib, hali ko‘rib tugallanmagan ish bo‘yicha qamoq jazosi berilmasligini aytgandi.
Holatga Sudyalar Oliy kengashi rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirbod tuman sudi raisi va shu sud sudyasining huquqbuzar A.S.ga oid maʼmuriy huquqbuzarlikka doir ish ochiq sud majlisida ko‘rib chiqilishi arafasidagi xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Xizmat tekshiruvi natijasi bo‘yicha qo‘shimcha axborot berilishi aytilgan.


