Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan bank foydasiga undiruvlar bo‘yicha olib borilgan navbatdagi tadbirlar davomida yana bir qonunbuzarlik holati aniqlandi.
“Chevrolet Equinox” rusumli avtotransport vositasi maxsus jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Tekshiruvlar jarayonida maʼlum bo‘lishicha, ushbu transport vositasi haydovchisi: — yo‘l harakati qoidalarini oz emas, ko‘p emas — 36 marta buzgan bo‘lib, belgilangan jarimalarni uzoq vaqt davomida to‘lamay kelgan.
Shu sababli transport vositasiga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan.
Bundan tashqari, haydovchining bank oldidagi qarzdorligi ham kam emas — 207 million so‘mni tashkil etgan.
Qonunga muvofiq, qarzdorlik va jarimalar ixtiyoriy tartibda undirilmagan taqdirda, majburiy ijro choralari qo‘llaniladi. Natijada avtotransport vositasi vaqtincha olib qo‘yilib, belgilangan tartibda jarima maydonchasiga joylashtirildi.


