Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida 141 dona qalbaki 100 AQSH dollar yo‘q qilindi. Bu haqida MIB axborot xizmati Zamon.uz‘ga maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, sud hukmiga asosan ashyoviy dalil sifatida saqlangan 14 100 AQSH dollari miqdoridagi qalbaki pul belgilarini yo‘q qilish jarayoni belgilangan tartibda o‘tkazilgan.
Mazkur tadbir Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Kosonsoy tuman bo‘limi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar,tegishli tashkilotlar vakillari ishtirokida, ochiqlik va shaffoflik prinsiplariga rioya qilingan holda amalga oshirilgan.
“Majburiy ijro byurosi tomonidan qonun hujjatlari ijrosini taʼminlash bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi”, deyiladi xabarda.


