1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Nobel mukofotini olmaganimdan so‘ng tinchlik haqida o‘ylashga majbur emasman — Tramp

Trampning Grenlandiya borasidagi qat’iy bayonotlari NATO ichida jiddiy taranglikni yuzaga keltirmoqda.

Nobel mukofotini olmaganimdan so‘ng tinchlik haqida o‘ylashga majbur emasman — Tramp

 

AQSH prezidenti Donald Tramp Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Storaga yo‘llagan maktubida tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti unga berilmagani sababli, endi “faqat tinchlik haqida o‘ylash” majburiyatini his qilmasligini bildirgan. Trampning so‘zlariga ko‘ra, u sakkizdan ortiq urushning oldini olganiga qaramay, Nobel qo‘mitasi uni e’tibordan chetda qoldirgan va bu holat uning tashqi siyosatga munosabatiga ta’sir qilgan. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

 

Maktubda Tramp yana Grenlandiya mavzusiga to‘xtalib, Daniya orolni Rossiya yoki Xitoydan himoya qila olmasligini iddao qilgan. Uning ta’kidlashicha, Grenlandiya ustidan “to‘liq va mutlaq nazorat” o‘rnatilmas ekan, dunyo xavfsizligi ta’minlanmaydi. AQSH rahbari, shuningdek, Grenlandiyaga Daniyaning mulk huquqi borligi haqida hech qanday yozma asos mavjud emasligini ham qayd etgan.

 

Yonas Gar Store maktubni 18-yanvar kuni olganini tasdiqladi. Uning aytishicha, ushbu xat u va Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb tomonidan Trampga yuborilgan, Yevropa davlatlariga nisbatan boj joriy etish tahdidlari bo‘yicha izoh so‘ralgan qisqa murojaatga javob sifatida kelgan. Yevropa Ittifoqida esa AQSHning ehtimoliy tariflariga javob choralari muhokama qilinmoqda.

 

Trampning Grenlandiya borasidagi qat’iy bayonotlari NATO ichida ham, YI–AQSH savdo munosabatlarida ham jiddiy taranglikni yuzaga keltirdi. Yevropa yetakchilari vaziyatni diplomatik yo‘l bilan hal etish tarafdori ekanini aytmoqda, biroq zarurat tug‘ilsa, iqtisodiy javob choralarini ko‘rishga tayyor ekanini ham yashirmayapti.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика