Xabarlarga ko‘ra, 31 yoshli germaniyalik futbolchiga “Nyukasl Yunayted” qiziqish bildirmoqda. Klub rahbariyati Kroosni asosiy o‘yinchi sifatida ko‘rmoqda, uning atrofida sovrinlar uchun kurasha oladigan jamoa tuzishni rejalashtirmoqda. Angliya klubi “Real”ga yarim himoyachi uchun 30 million yevro taklif qilishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Kroos “Real”ga 2014 yilda “Bavariya”dan o‘tgan edi. Joriy mavsumda nemis futbolchisi Ispaniya chempionatining uchta uchrashuvida qatnashib, yaxshi o‘yin ko‘rsatgan bo‘lsa-da, lekin gol ura olmadi.
Avvalroq Klopp “Liverpul” tarixida yangi rekord o‘rnatgani va “Nyukasl”ni Saudiya Arabistoni investitsiya fondi sotib olgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov


