1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Oq uy Ukrainani Amerika resurslari cheksiz emasligidan ogohlantirdi

Avvalroq OAVda Oq uy Ukrainaga yangi harbiy yordam paketlarini Kongressdan qiyinchilik bilan o‘tkazayotgani to‘g‘risida xabar qilingandi.

Oq uy Ukrainani Amerika resurslari cheksiz emasligidan ogohlantirdi

 

Kiyev Amerika resurslari cheksiz emasligi haqida Vashingtondan ogohlantirish oldi. Avvalroq qator OAV Oq uy Ukrainaga yangi harbiy yordam paketlarini Kongressdan qiyinchilik bilan o‘tkazayotgani to‘g‘risida xabar qilgandi.

 

“Hamma buni (Ukrainadagi nizo) qachondir tugashi kerakligini yaxshi biladi. Barchamiz buni tezroq yakunlanishini istaymiz”, – degan amerikalik amaldorlardan biri.

 

Bundan oldin Politico va Washington Post nashrlari ham Kiyevga harbiy yordam bo‘yicha ehtimoliy muammolar haqida yozgandi. Xususan, Politico maʼlumotlariga ko‘ra, Vashington ukrainaliklarni tezroq hujumga o‘tishga chaqirayotganini maʼlum qilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика