1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekiston Qirg‘izistondan gul va kurtak import qiluvchi asosiy davlatlar qatoriga kirdi

Eksport hajmi bir yil ichida keskin oshib, rekord ko‘rsatkich qayd etildi.

O‘zbekiston Qirg‘izistondan gul va kurtak import qiluvchi asosiy davlatlar qatoriga kirdi

 

Qirg‘iziston joriy yilning 10 oyi davomida 3,3 milliondan ortiq kesilgan gul va kurtaklarni xorijga eksport qildi. Bu haqda ochiq statistik maʼlumotlarda keltirilgan.

 

Eksport qilingan gullarning qariyb 3,1 millioni Rossiyaga (YEOII aʼzosi davlat sifatida) yo‘naltirilgan. Qolgan qismi esa O‘zbekiston bozoriga yetkazib berilgan bo‘lib, mamlakat Qirg‘izistondan gul va kurtak import qiluvchi asosiy ikki davlatdan biriga aylandi.

 

Mutaxassislar taʼkidlashicha, joriy yilgi eksport ko‘rsatkichi rekord darajada yuqori. Solishtirish uchun, o‘tgan yili Qirg‘izistondan eksport qilingan kesilgan gullar hajmi atigi 133 ming 500 donani tashkil etgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика