O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq, Aziz Botirovich Voitov O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
A. Voitov yangi lavozimga o‘tgani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.


