Joriy yilning 13 oktyabr kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 14-17 oktyabr kunlari respublikaning qolgan hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.
13-17 oktyabrda havo harorati kechalari 3-8 daraja iliqqacha, respublika shimolida baʼzi joylarda 0-2 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 13-18 daraja iliqqacha asta-sekin pasayadi.
13-15 oktyabr kunlari respublika bo‘yicha baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda baʼzi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanadi.


