1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda 2023-yilda qancha g‘alla yetishtirilgani ma‘lum bo‘ldi

Respublika bo`yicha hosildorlik ko‘rsatkichi o‘rtacha har gektaridan 71-73 sentnerni tashkil etdi.

O‘zbekistonda 2023-yilda qancha g‘alla yetishtirilgani ma‘lum bo‘ldi

 

Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma‘lumotlariga ko'ra, bugungi kunga qadar respublika bo‘yicha fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan jami 8,1 mln tonnadan ortiq don yetishtirildi. Natijada suvli maydonlarda o‘rtacha hosildorlik 70,5 sentnerdan ortgan.

 

Ta‘kidlanishicha, g‘alla hosildorligi Buxoro viloyatida 74,8 sentner, Toshkentda 74,2 sentner, Samarqandda 73.8 sentner, Farg‘onada 73,7 sentner, Andijonda 73,5 sentner, Xorazm 73 sentner, Surxondaryoda 72,3 sentner, Sirdaryoda 72,1 sentner, Namanganda 72,6 sentnerni tashkil qildi.

 

Respublika bo`yicha hosildorlik ko‘rsatkichi o‘rtacha har gektaridan 71-73 sentnerni tashkil etdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика