1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda o‘qituvchilarga milliy sertifikat olish xarajatlari uchun subsidiya ajratiladi

Og‘ir toifadagi tumanlarda oilaviy tadbirkorlik kreditlari yillik 12 foiz stavkada ajratiladi.

O‘zbekistonda o‘qituvchilarga milliy sertifikat olish xarajatlari uchun subsidiya ajratiladi

 

O‘zbekiston qonunchiligida ijtimoiy himoya, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda kasbiy taʼlim tizimini rivojlantirishga qaratilgan yangi mexanizmlar joriy etilmoqda. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

 

Qarorga muvofiq, 2026-yil 1-martdan boshlab “mahalla yettiligi” xulosasi asosida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan, I guruh nogironligi bo‘lgan hamda mehnatga layoqatli aʼzosi mavjud bo‘lmagan oilalar uy-joylarini energiya tejamkor qilish ishlari amalga oshiriladi. Jumladan, uy devorlari va tom qismini izolyatsiya qilish, energiya tejamkor deraza va eshiklar o‘rnatish, shuningdek, quyosh panellari yoki geliokollektorlar o‘rnatish ishlari bajariladi.

 

Shuningdek, 2026-yil 1-martdan boshlab og‘ir toifadagi tumanlarda oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kreditlar yillik 12 foiz stavkada ajratiladi.

 

Yana bir yangilikka ko‘ra, 2026-yil 1-martdan boshlab xotin-qizlar faoli hamda yoshlar yetakchisi tuman va shahar hokimi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

 

Bundan tashqari, 2026-yil 1-iyuldan 2028-yil 1-yanvargacha Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kasbiy taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan subsidiyalar joriy etiladi. Jumladan, o‘qituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga xalqaro darajada tan olingan kasbiy sertifikatlar hamda vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat asosida milliy sertifikatlarni olish xarajatlarining 50 foizigacha (BHMning 20 baravarigacha) qoplab beriladi.

 

Shuningdek, malakani baholash markazlarini tashkil etgan tadbirkorlarga baholash vositalarini xarid qilish xarajatlarining 30 foizi (BHMning 200 baravarigacha) subsidiya sifatida qoplanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика