1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda Pekin universiteti filiali ochilishi mumkin

Bu bo‘yicha Oliy taʼlim vaziri o‘rinbosari muzokara olib bordi.

O‘zbekistonda Pekin universiteti filiali ochilishi mumkin

 

21 yanvar kuni Xitoy safarida bo‘lib turgan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov Pekin Universiteti Kengashi raisi Xao Ping bilan uchrashdi.

 

Xitoyning eng qadimgi universitetlaridan biri bo‘lgan, dunyoning yetakchi 20 ta oliy taʼlim muassasalari qatoridan joy olgan Pekin universiteti bilan hamkorlik aloqalari mustahkamlash va kengaytirish ikki tomon muzokaralarining bosh mavzusi bo‘ldi. K. Karimov mamlakatda so‘nggi olti yilda olib borilayotgan islohotlar natijasida xorijiy OTMlarning O‘zbekistondagi filiallari soni 30 dan oshgani va bu amaliyot o‘z ijobiy natijalarini berib, sifatli kadrlar yetishtirishga xizmat qilayotganini taʼkidladi. Shu o‘rinda Pekin universitetining filialini respublikada ochish taklifini ilgari surdi.

 

Xao Ping, o‘z navbatida, Pekin universitetining xorijiy davlatlarda hozirgacha birorta filiali mavjud emasligini taʼkidlagan holda, bu amaliyotni O‘zbekistonda joriy etish imkoniyatlari haqida so‘z yuritdi. O‘z navbatida u o‘zbek matematika maktabining dunyo ilmiy jamoatchiligi orasida katta nufuzga ega ekanini inobatga olgan holda, O‘zbekiston-Xitoy Xalqaro Markaziy Osiyo matematika markazini tashkil etish taklifini berdi. Shuningdek, iqtisodiyotning real sektoridagi kadrlar yetishmovchiligini inobatga olib, O‘zbekiston-Xitoy muhandislik maktabini ochish ham ikki davlat iqtisodiyotini rivojlantirishiga xizmat qilishini qayd etdi.

 

K. Karimov mezbon tarafning takliflarini maʼqullagan holda Pekin universiteti qoshida O‘zbek tili markazini tashkil etish bo‘yicha o‘z fikrlarini bayon etdi. Mazkur markazga o‘zbek filolog-olimlari, pedagog-mutaxassislarni taklif etish, markazga uslubiy yordam berishga tayyorligini bildirdi.

 

Uchrashuv do‘stona va samimiy ruhda o‘tdi. Tomonlar hamkorlikni rivojlantirish masalasida hamfikr ekanliklarini mamnuniyat bilan qayd etib, o‘zaro manfaatli loyihalarni birgalikda amalga oshirishga kelishdilar.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика