O‘zbekistonning 70 foiz yeri qurg‘oqchil maydondan iborat. Bu haqda o‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi matbuot kotibi Otabek Ashurov maʼlum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ekologik muammolar va iqlim o‘zgarishi oqibatida qurg‘oqchilik jarayoni tezlashgan. Global miqiyosda bu ko‘rsatkich asr boshiga nisbatan 29% ko‘p va har yili 55 million kishiga taʼsir qiladi.
2050 yilga borib qurg‘oqchilik dunyo aholisining to‘rtdan uch qismiga taʼsir qilishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Avvalroq O‘zbekistonda shamol va quyosh “atlasi” ishlab chiqilishi maʼlum bo‘lgandi.


