1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda tabiiy gaz iste'moli me’yori 5 baravar oshirildi

Endilikda ehtiyojmand oilalar uchun kompensatsiyalar yil davomida beriladi.

O‘zbekistonda tabiiy gaz iste'moli me’yori 5 baravar oshirildi

2025-2026-yilgi isitish mavsumida aholi uchun tabiiy gaz iste'moli bo‘yicha bazaviy me’yor 5 barobarga oshirildi. Vazirlar Mahkamasining 204-son qaroriga asosan, noyabrdan fevralgacha har bir oy uchun 500 kub metrgacha, martdan oktabrgacha esa 100 kub metrgacha bazaviy me’yor belgilandi.

 

Kuz-qish mavsumida tabiiy gaz iste'moli yuqori bo‘lganligi sababli Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida oktabrdan fevralgacha bir oylik bazaviy me’yor 500 kub metr qilib belgilandi.

 

Bundan tashqari, Prezident qarorlariga asosan, ehtiyojmand oilalarga ishlatilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun davlat tomonidan har oyda kompensatsiya beriladi. Kompensatsiya miqdori:

 

· Elektr energiyasi uchun — oyiga bazaviy me’yordan ortiq (200 kVt·soatdan keyingi) 150 kVt·soatgacha;

 

· Tabiiy gaz uchun — qish oylarida 250 kub metrgacha, boshqa oylarda 150 kub metrgacha bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan qismi uchun.

 

Ilgari kompensatsiyalar faqat qish oylarida amal qilgan bo‘lsa, endi yil davomida har oyda beriladi.

 

Shuningdek, 2025-yil noyabr oyida har bir ehtiyojmand oilaga 1 million so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика