1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasi bo‘yicha muammo ko‘rib chiqiladi

Komil Allamjonov AQSH elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasi bo‘yicha muammo ko‘rib chiqiladi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Komil Allamjonov O‘zbekistonning AQSHdagi elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashdi. Bu haqda uning Telegram kanalida post eʼlon qilingan.

 

Qayd etilishicha, uchrashuvda turli loyihalar bo‘yicha fikr almashilgan. Xususan, Google (YouTube) kompaniyasi bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va bu orqali axborot sohasiga oid ayrim muammolarni birgalikda hal etish masalalarini muhokama qilingan.

 

Taʼkidlanishicha, ko‘plab blogerlardan YouTube monetizatsiyasining cheklanishi yuzasidan murojaatlar kelib tushgan. Shu bois uchrashuvda elchi bilan ushbu kompaniya vakillari bilan uchrashuv tashkil etish va vaziyatni o‘rganish bo‘yicha kelishib olingan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика