1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O’zbekistonda zilzila yuz berdi

Episentr Toshkent viloyati Ohangaron tumani bo‘lgan.

O’zbekistonda zilzila yuz berdi

 

Bugun, 31-iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 04:42 da O‘zbekiston hududida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, zilzila kuchi Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida 2–3 ballni tashkil etgan. 

 

Episentr: Toshkent viloyati Ohangaron tumani. Zilzila koordinatalari: 40,89 gradus shimoliy kenglik; 69,65 gradus sharqiy uzunlik. 

 

Magnituda M=3,2. Chuqurlik 10 km. Zilzila episentri Toshkentdan 55 km janubiy-sharqda bo‘lgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика