2025-yil 5-dekabr kuni kechqurun Chaman chegara punkti yaqinida Pokiston va Afg‘oniston kuchlari o‘rtasida artilleriya o‘qlari ishtirokida otishma sodir bo‘ldi. Pokiston va Afg‘oniston rasmiylari bir-birini provokatsiyada ayblamoqda. Bu haqda Dawn gazetasi manbalarga tayanib xabar berdi.
Pokiston rasmiylariga ko‘ra, afg‘on kuchlari tomonidan birinchi bo‘lib Pokiston hududiga minomyot otilgan. Shu bilan birga, Afg‘oniston hukumati so‘zlovchisi Zabihulloh Mujohidning aytishicha, afg‘on kuchlari Qandahor viloyatining Spin Boldak tumanida Pokiston zarbalariga javob qaytargan.
Otishma mahalliy vaqt bilan taxminan 22:00 da boshlangan va kechgacha davom etgan. Uch nafar shaxs yaralangan va tuman kasalxonasiga yetkazilgan. Qurbonlar soni haqida ma’lumot berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yil oktabr oyida ham Pokiston–Afg‘oniston chegarasida qurolli to‘qnashuvlar sodir bo‘lgani qayd etilgan. Bu 2021-yilda Kobulda Tolibon hokimiyat tepasiga kelganidan beri eng qonli to‘qnashuv hisoblanadi. Ularning boshlanishiga Pokiston chegara postlariga hujumlar sabab bo‘lgan, unga javoban Pokiston Harbiy-havo kuchlari terrorchilik bazalariga zarba bergan. Mojaro tomonlari Qatar va Turkiya vositachiligida vaqtinchalik sulh va o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishgan, va ushbu kelishuv amalda qolmoqda.


