1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Politico: AQSH Tayvan tufayli Ukrainadan “chalg‘ishi” mumkin

Vashington tashqi siyosatida asosiy eʼtibor Xitoyga qaratilishi taxmin qilindi.

Politico: AQSH Tayvan tufayli Ukrainadan “chalg‘ishi” mumkin

 

Agar Tayvan masalasi keskinlashsa, AQSHning Ukrainaga eʼtibori susayadi. Bu haqda Politico gazetasi maʼlum qildi.

 

“Eng yomon holatda AQSH Ukrainadan yuz o‘giradi va Xitoy bilan keskinlikka eʼtibor qaratadi”, – degan nashr bilan suhbatlashgan yevropalik diplomatlardan biri.

 

Shu bilan birga u NATOda hozircha Tayvan masalasida katta xavotir yo‘qligini taʼkidlagan. Ammo Yevropa poytaxtlarida Pekin va Vashingtonning ushbu masaladagi “so‘z o‘yinlari” diqqat bilan kuzatib borilmoqda.

 

1 avgust kuni AQSH Kongressi vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Osiyo bo‘ylab safarini boshladi. Uning Tayvanga ehtimoliy tashrifi Xitoyning keskin noroziligiga sabab bo‘lmoqda.  Xususan, Si Szinpin Jozef Bayden bilan telefon muloqoti chog‘ida "olov bilan o‘ynashmaslik"ni maslahat bergandi.  Bundan tashqari, Xitoy dengiz kuchlari Tayvan yaqinida yirik mashg‘ulotlar boshlagani to‘g‘risida xabar berilgandi.

 

Avvalroq Pentagon Pelosining Tayvanga ehtimoliy tashrifiga tayyorgarlik ko‘rayotgani to‘g‘risidagi maʼlumotlar ochiqlangandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика