AQSHning Djordjiya shtatida Kasper laqabli it qahramonga aylandi. Kasper fermada qo‘y podasini qo‘riqlaydi. U podaga 11 ta koyot hujum qilganda qahramonlik ko‘rsatgan.
U 8 ta koyotni g‘ajib tashlab, qolganlarini haydab yuborgan.
Ammo it uyiga qaytmagach uning egasi ijtimoiy tarmoqda uni izlashga yordam so‘ragan. Oradan 2 kun o‘tibgina qahramon it jiddiy jarohatlar bilan uyiga qaytgan.
Veterinarlar it terisining ayrim joylari uzib olinganini aytgach, internetda qahramonga yordam kampaniyasi boshlandi.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uni davolash uchun 15 ming dollar yig‘di. Bu mablag‘ itga teri ko‘chirib o‘tkazish operasiyasi uchun sarflanadi.


